O‘zbekistonda benzin narxi nega qimmat? Tadbirkorlar sohadagi muammolarni ochiqladi

Jamiyat

image

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan sohadagi muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan “ochiq muloqot” o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda tadbirkorlar quyidagi muammolarni sanab o‘tgan:

  • avtomobil benzini importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun banklar tomonidan ajratilgan kredit yuklamasi yuqoriligi;
  • logistika narxlari yuqoriligi, Rossiyadan Keles chegarasigacha bo‘lgan masofa (1700 km)da benzinning bir tonnasi uchun 150 dollar bo‘lgan bir paytda ichki temiryo‘l orqali tashish xizmati 8-10 km uchun 15-20 dollarni tashkil etishi;
  • Rossiyadan import qilingan va benzin mahsuloti barcha standartlarga to‘g‘ri kelishi va sifati talabga javob berishi yuzasidan Rossiya tomoni tasdiqlagan hujjatlar borligiga qaramay, benzin O‘zbekistonga olib kirilganda, u qo‘shimcha majburiy sertifikatlashdan o‘tkazilishi;
  • import qilingan benzin mahsuloti uchun QQS to‘lovini to‘lash muddati qisqaligi;
  • import qilish niyatida xorijiy davlatlarga pul mablag‘larini o‘tkazib berganda, ushbu mablag‘lar geosiyosiy vaziyatlardan kelib chiqib taqiqlarga tushib qolgan vaqtlarda, mahsulot o‘z muddatida yetib kelmasligi kuzatilgan. Ayni shu davrda mahsulot realizatsiya qilinmagan, biroq mablag‘lar o‘tkazilganligi uchun soliqqa tortilishi holatlari;
  • importyorlar katta hajmlarda benzin mahsulotini olib kirganda, ularni saqlash uchun sig‘imlar mavjud emasligi hamda mavjud bo‘lgan sig‘imlar ijarasi qimmatligi;
  • importyorlar Turkmanistondan benzin mahsulotini xarid qilish jarayoni juda ko‘p vaqtni talab qilishi, oqibatda aylanma pul mablag‘lari muzlab qolishi.

Eslatib o‘tamiz, 26 fevraldan “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida AI-80 markali benzin narxi ko‘tarilgandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston benzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing