O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish ko‘paydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston korxonalari tomonidan 314,8 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Shuningdek, qo‘mita tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida ayrim turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

• Ushbu vaqt davomida O‘zbekistonda 815,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga oshgan. 

• 99,5 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 75 mingtaga yoki 43 foizga pasaygan.

• 7 mln 322 ming tonna tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 709 ming 9 donaga kam.

Xabarga ko‘ra, bugungi kunda respublikada 93,9 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning16,9 mingtasi Toshkent shahriga, 10,3 mingtasi Farg‘ona viloyatiga, 9,6 mingtasi Toshkent viloyatiga, 9,6 mingtasi Andijon viloyatiga va 8,2 mingtasi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing