O‘zbekistonda bemorlarni davolayotgan hamshira koronavirus yuqtirib oldi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida jami 824 o‘ringa mo‘ljallangan yuqumli kasalliklar shifoxonalari mavjud bo‘lib, shundan 100 o‘rin viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, 744 ta o‘rin shahar va tuman tibbiyot birlashmasiga to‘g‘ri keladi.

23 mart holatiga Toshkent viloyati hududida koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar 9 nafarni tashkil etdi.

Koronavirus aniqlangan ilk bemor Fransiyadan kelgan. Unda 15 mart kuni infeksiya aniqlangan. Ikkinchi bemorda 16 mart kuni aniqlangan bo‘lib, birinchi bemordan yuqtirib olgan. 

Uchinchi bemor 14 mart kuni Londondan uchib kelgan. 17 mart kuni infeksiya aniqlangan. 

18 mart kuni COVID-19 infeksiyasi to‘rtinchi fuqaroda tasdiqlandi. Beshinchi bemor 20 mart kuni aniqlandi.

Koronavirus aniqlangan oltinchi bemor 18 mart kuni Rossiya davlatidan kelgach, “Sokol" bolalar oromgohida karantinda turgan. Unda 20 mart kuni infeksiya aniqlangan.

Yettinchi bemor 18 mart kuni Moskva orqali Shvetsiyadan kelgan. "Sokol" oromgohida karantinda bo‘lgan, 21 mart kuni kasallik aniqlangan.

Sakkizinchi bemor 14 mart kuni Dubaydan kelgan. 22 mart kuni virus aniqlangan.

To‘qqizinchi bemor hamshira bo‘lib, ayni paytda davolash ishlari olib borilyapti.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda viloyat bo‘yicha jami 195 nafar terapevt, 131 nafar reanimator, 64 nafar infeksionist, 133 nafar epidemiolog faoliyat olib boryapti.

Viloyatda infeksiya tarqalishini oldini olish maqsadida 8 martdan 9 mart kuniga o‘tar kechasi Janubiy Koreyadan kelgan 181 nafar fuqaro Qibray tumanidagi “Bo‘ston” sanatoriyasiga joylashtirilgan, 14 kunlik karantin muddati tugashi munosabati bilan 22 mart kuni fuqarolar karantindan chiqarilgan.

15 mart kuni “Chotqol” sanatoriyasiga 212 nafar chet davlatdan kelgan fuqaro 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Nazoratga olinganlarga infeksionist, epidemiolog, dezinfektorlar biriktirilgan.

18 mart kuni 264 nafar Rossiya Federatsiyasidan kelgan fuqaro Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Sokol” bolalar oromgohiga joylashtirilgan. 7 nafar shifokor, 2 nafar epidemiolog, 7 nafar hamshira, 5 nafar kichik tibbiy xodim, 4 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etilgan. 

Shu kuni “Energetika” sanatoriyasiga jami 255 nafar chet davlatdan kelgan fuqarolar 14 kunlik karantin nazorati uchun joylashtirilgan. 

3 nafar shifokor, 1 nafar epidemiolog, 2 nafar hamshira, 6 nafar kichik tibbiy xodim, 4 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etilgan. Hozirgi kunda “Energetika” sanatoriyasida jami 251 nafar fuqaro tibbiy nazoratda saqlanmoqda. 

21 mart kuni 243 nafar Rossiya Federatsiyasidan kelgan fuqaro “Nazarbek” sihatgohiga joylashtirildi. 4 nafar shifokor, 1 nafar epidemiolog, 3 nafar hamshira, 8 nafar kichik tibbiy xodim, 2 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etildi. 

23 mart holatiga Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor bo‘lib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan.

Eslatib ўtaмиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

484

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing