“O‘zbekistonda ayollarni urish non sotib olishdek gap”. Kuyovning dong‘i Germaniyagacha yetib bordi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistondagi to‘yda endigina turmush qurayotgan kelin nikoh kechasida kuyov tomonidan kaltaklanishi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama maydonining asosiy mavzusiga aylanib, G‘arb nashrlarigacha yetib bordi. Xususan, Germaniyaning ommaviy “Bild” nashri ushbu video orqali O‘zbekistonda ayollar bilan bog‘liq holatga baho berishga urindi. 

“O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik har kuni non sotib olishdek oddiy hol”, deb yozadi nashr. 

Gap shundaki, bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda yangi kelin va kuyovning to‘y vaqtida olingan videosi tarqaldi. Unda ikki yosh nikoh kechasiga to‘plangan mehmonlar qarshisida kichik o‘yin o‘ynaydilar. Unda kelin shartni birinchi bo‘lib bajaradi va g‘olib bo‘ladi. Mag‘lublik alamiga chiday olmagan kuyov esa mehmonlar qarshisida bor kuchi bilan kelinning boshiga musht tushiradi. Kelin kalovlanib, yiqilay deydi. 

Ushbu holatga baho berarkan, Germaniya nashri shunday yozadi: 

“Ba’zilar uchun bu ajoyib kun va er-xotin sifatida baxtli hayotning boshlanishi. Ammo dunyodagi ko‘plab ayollar uchun bu nikoh do‘zaxiga sayohat uchun faqat boshlang‘ich signaldir!”

Nashr voqeani bayon qilarkan, ushbu jarayonda hech kim kuyovga javob mushtini tushirishga harakat qilmagani, ayolni himoyasiga olmagani va hatto, kuyovning yonidagi yigit ham buni kulib qarshilaganini hayrat bilan izohlaydi. 

“Boshqa hech narsa bo‘lmaydi. Hech kim o‘rnidan turib kuyovni o‘ziga yarasha kaltaklamaydi. Hech kim politsiyaga borib, unga xabar bermaydi. Bu narsaga erishishiga shubha qilish mumkin, chunki O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik har kuni non sotib olishdek oddiy hol. 

Majburiy nikohlar va ayollar faqat erkaklarga xizmat qilish, farzand ko‘rish va uy xo‘jaligini yuritish uchun yaxshi, degan g‘oya ham odatiy holdir”, deb yozadi nashr. 

Hozircha ushbu holat qayerda sodir bo‘lgani aniq emas. Video bo‘yicha IIV, Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi munosabat bildirganicha yo‘q. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1392

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing