O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish ko‘paydi
Jamiyat
−
22 fevral 2020
169152020 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu haqda “Davstatqo‘m”ning yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha bergan ma’lumotida ko‘rsatilgan.
Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2020 yilning yanvar oyida 22 ming dona avtomobil ishlab chiqarilgan. 2019 yilning mos davrida bo‘ ko‘rsatkich 17 466 donani tashkil qilgan.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar oyida 5 962 dona Nexia T-250 (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,0 foiz), 5 078 dona Cobalt (47,4 foiz), 4 340 dona Lacetti-Gentra (55,0 foiz), 3 989 dona Damas (35,2 foiz), 2 320 dona Spark (48,7 foiz) hamda 311 dona Labo (7,8 foiz) avtomobillari ishlab chiqarildi.
Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 367 dona, 2020 yilda - 272 dona.
Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ham ko‘paydi. 2019 yilda 16,4 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 19,8 dona.
2020 yil yanvar oyida traktor ishlab chiqarish hajmi 25 donani tashkil etdi (2019 yilda - 9).