O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv qoldirildi
Jamiyat
−
23 mart 2020
4624Koronavirus xavfi: Burxonov favqulodda holat e’lon qilish va armiyani ishga solishni taklif qilyapti
O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasining mamlakat bo‘ylab keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi.
Ma’lum qilinishicha, chaqiruvning kechikishi armiya safidagi muddatli hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga ham tatbiq etiladi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun shartnoma imzolab, to‘lovni bajargan shaxslar reja asosida o‘rnatilgan tartibda xizmatni keyinroq o‘tashi aytilmoqda.
Avvalroq, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi buyum bozorlarining faoliyati to‘xtatilishi haqida xabar bergan edik.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi