O‘zbekistonda aerotaksi xizmati joriy etiladi

Jamiyat

image

Birlashgan Arab Amirliklarining JETEX kompaniyasi “Toshkent-Sharqiy” aeroportida FBO shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshiradi. Ushbu loyiha doirasida kichik aviatsiya sohasida ta’mirlash, sotish va saqlash xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Aerotaksi xizmati va VIP taksi joriy etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy tashrifi doirasida kecha, 13 yanvar kuni O‘zbekiston Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda JETEX kompaniyasi ta’sischisi Adel Mardini o‘tkazgan uchrashuvda imzolangan memorandumda so‘z boradi.  

"Bu turizm sohasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda VIP mijozlar uchun qulaylik yaratadi. Yo‘lovchilarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi poytaxtimiz nufuzi va jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Qolaversa, mamlakatimizda biznes aviatsiya sohasida 200 dan ko‘proq yuqori malakali ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. Bir so‘z bilan aytganda, JETEX kompaniyasining ilg‘or tajribasiga tayangan holda mamlakatimizda biznes aviatsiyasini ishonchli va barqaror rivojlanishini ta’minlashga erishildi", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Jetex kompaniyasi 2005 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 5 qit’ada 30 ta biznes birlashmasiga ega global tarmoqni tashkil etgan. Butun dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq nuqtalarda, jumladan Yaqin Sharq,  Yevropa,  Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va Amerikada kun-u tun mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. FBO (Fixed Base Operator) esa aeroportlarda havo kemalari va yo‘lovchilarga kompleks servis xizmatlari ko‘rsatuvchi, xususan, havo kemalariga yoqilg‘i quyish, to‘xtash joyi, angarda saqlash, texnik va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish, havo kemalarini ijaraga berish, charterlarni sotish, taksi va yana boshqa ko‘plab xizmat turlarini ko‘rsatuvchi tashkilotdir.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

aerotaksi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar