O‘zbekistonda aholi jon boshiga daromad 3 ming dollarga yetishi kutilmoqda
Jamiyat
−
20 noyabr
8348O‘zbekistonda aholi jon boshiga daromad 3 ming dollarga yetishi kutilmoqda. 2018 yilda bu 1 ming 600 dollarni tashkil qilgan. Bu haqda bugun, 20 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida so‘z ochdi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2 karra o‘sib, 100 milliard dollarlik tarixiy marradan oshgan. Xususan, Jahon banki 2024 yilda O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan 3 ta davlat qatoridan joy olganini e’tirof etgan.
Shuningdek, kambag‘allik darajasi so‘nggi 4 yilda 23 foizdan 11 foizga tushgan. Bu yil esa u 9 foizga tushishi kutilmoqda.
Eksport qariyb 2 barobar o‘sib, ilk bor 25 milliard dollardan, oltin-valyuta zaxiralari esa 40 milliard dollardan oshgan. O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 6 karra ko‘payib, buning hisobiga 1,5 millionta yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilgan. Yalpi ichki mahsulotda investitsiyalar ulushi 30 foiz darajasida ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi respublikada 2024 yilning boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamayganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi