O‘zbekistonda aholi daromadi o‘sishi sekinlashdi
Jamiyat
−
02 may 2638 2 daqiqa
O‘zbekiston aholisining 2026 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, umumiy daromadlari 263,2 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida aholi daromadlarining nominal ko‘rinishdagi o‘sishi 15,5 foizni, real o‘sish sur’ati esa, 7,8 foizni qayd etgan. Ushbu raqamlar o‘tgan yilning mos davrida 20,9 va 9,8 foizni tashkil etgandi.
2026 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda aholining umumiy daromadlari real hisobda 7,8 foizga oshgan. Shu bilan birga, jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar ham 5,8 foizga o‘sishi kuzatilgan.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatilib, bu ko‘rsatkich 10,3 foizni tashkil etgan. Natijada poytaxt va Namangan viloyati (eng past natija qayd etgan) o‘rtasidagi daromadlar tafovuti 4 barobardan oshgan.

Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Toshkent shahri (19 096,7 ming so‘m);
- Navoiy viloyati (10 513,2 ming so‘m);
- Buxoro viloyati (7 335,2 ming so‘m);
- Toshkent viloyati (6 919,6 ming so‘m).
Respublika darajasidan quyi ko‘rsatkichlar qayd etilgan hududlar: Namangan (4 617,4 ming so‘m), Surxondaryo (4 706,5 ming so‘m), Qashqadaryo (4 895,9 ming so‘m) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4 907,3 ming so‘m) hamda Jizzax (5 259,5 ming so‘m), Farg‘ona (5 297,3 ming so‘m), Sirdaryo (5 478,2 ming so‘m), Samarqand (5 917,0 ming so‘m), Andijon (5 922,3 ming so‘m) va Xorazm (6 377,1 ming so‘m) viloyatlari.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi va past o‘sish quyidagichani tashkil etgan:
Eng yuqori real o‘sish:
- Toshkent shahri – 10,3 %;
- Navoiy viloyati – 8,9 %;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6,9 %;
- Jizzax viloyati – 6,0 %.
O‘rtacha respublika darajasidan past o‘sish:
- Qashqadaryo – 4,4 %;
- Buxoro – 4,4 %;
- Andijon –3,9 %;
- Toshkent – 3,6 %;
- Surxondaryo – 3,6 %;
- Namangan – 3,5 %;
- Farg‘ona – 2,9 %;
- Xorazm – 2,8 %.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yil I choragida O‘zbekiston hududida o‘rtacha oylik ish haqi 6,82 million so‘mni tashkil etgandi.
Live
Barchasi