O‘zbekistonda 80 mingdan ziyod ortiqcha o‘qituvchi bor – Shermatov

Jamiyat

image

O‘zbekiston bo‘yicha pedagogik stavka va haqiqiy o‘qituvchilar farqini taqqoslaganda 80 mingdan ziyod ortiqcha ishlab turgan o‘qituvchilar bor. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov AOKAdagi brifingda aytib o‘tdi. 

“Hozir o‘zbek maktablarida o‘qituvchi yetarli. Respublika bo‘yicha pedagogik stavka va haqiqiy o‘qituvchilar farqini taqqoslaganda 80 mingdan ziyod ortiqcha ishlab turgan o‘qituvchilar bor”, deydi u.

Vaziga ko‘ra, O‘zbekistondagi ayrim maktablarda ta’lim sifati yuqori bo‘lib, hamma ota-onalar o‘sha yoqqa intiladi. Maktablar darajasi bo‘yicha grafik qilingan: qizil, sariq va yashil maktablar.

“Qizil maktablar” – ta’lim sifati juda past bo‘lgan maktablar. Oldimizga qo‘ygan vazifamiz “qizil maktablar” sonini kamaytirish. Prezident Murojaatnomasida ta’lim sifatini oshirish mexanizmi ham ochib berildi. Ya’ni boshqa tumandan «qizil maktab»ga borib ishlagan o‘qituvchilarga 50 foiz ustama, boshqa viloyatdan borib ishlashda 100 foiz ustama berish masalalari Murojaatnomada qayd etildi. Bu respublikadagi 10 mingdan oshiq maktabning o‘z ustida ishlashiga stimul bo‘ladi”, deydi vazir.

Shermatovga ko‘ra, “qizil maktablar” o‘z ustida ishlamasligining sababi – “men ishlamasam, bu yerda ishlashga hech kim bo‘lmaydi”, degan xomxayollarning mavjudligi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

949

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing