O‘zbekistonda 8 oyda qancha oila buzilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2021
7555Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston bo‘yicha 25 687 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2021 yilning yanvar-avgust oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajrimlar soni:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 964 ta
- Andijon viloyati – 2 583 ta
- Buxoro viloyati – 1 372 ta
- Jizzax viloyati – 841 ta
- Qashqadaryo viloyati – 1 795 ta
- Navoiy viloyati – 831 ta
- Namangan viloyati – 1 997 ta
- Samarqand viloyati – 2 662 ta
- Surxondaryo viloyati – 1 494 ta
- Sirdaryo viloyati – 894 ta
- Toshkent viloyati – 2 722 ta
- Farg‘ona viloyati – 2 848 ta
- Xorazm viloyati – 975 ta
- Toshkent shahri – 3 709 ta
Xususan, joriy yilning avgust oyida 3 286 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 899 taga ko‘p.
Avvalroq, O‘zbekistonda joriy yilning 8 oyida 174 ming 998 ta nikoh holatlari qayd etilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi