O‘zbekistonda 7 oy ichida qancha odam YTH qurboni bo‘lgani ochiqlandi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2023
3563O‘zbekiston yo‘llarida 7 oy ichida yo‘l-transport hodisasi (YTH) oqibatida 1 ming 115 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 7 oyi davomida respublika hududida 4 ming 772 ta YTH qayd etilgan. Shundan 2 ming 453 tasi yoki 51,4 foizi sub’ektiv sabablarga ko‘ra sodir etilgan. Ya’ni haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga e’tibor bermasligi oqibatida kelib chiqqan.
“O‘tgan yetti oyda O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 1 ming 115 kishi halok bo‘lgan, 4 ming 564 nafari turli tan jarohatlari olgan”, deyiladi xabarda.
Mazkur yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lganlarning 1 ming 78 nafari yoki 96,7 foizi xavfsizlik kamarini taqmagan.
LiveBarchasi