O‘zbekistonda 7 kishi koronavirusdan to‘liq tuzaldi
Jamiyat
−
29 mart 2020
18820Bugun koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlarning 7 nafari to‘liq sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kasallikdan forig‘ bo‘lganlar Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markaziga kuzatib qo‘yildi. Kasallikdan xalos bo‘lgan fuqarolarimiz ma’lum muddat shu yerda karantinda bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 133 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor