O‘zbekistonda 60 kishi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat
−
21 iyun 2022
19329O‘zbekistonda joriy cho‘milish mavsumida 60 nafarga yaqin fuqaro suvda cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zA Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, xabar berdi.
“Mamlakatimizda joriy mavsumda shu kunga qadar 60 nafarga yaqin fuqaro suv havzalarida cho‘kib halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati ruxsat etilmagan joylarda cho‘milgan, ayrimlari esa o‘z ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 may kuni Qashqadaryo viloyatida 25 yoshli yigit Langar suv omboriga cho‘kib ketgan edi.
LiveBarchasi