O‘zbekistonda 6 oyda qancha odam yong‘inda halok bo‘lgani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-iyun oylarida 52 kishi yong‘in oqibatida vafot etgan. Bu haqda FVV Nazorat va profilaktika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mavlonbek Doschanov birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha respublikada yuzaga kelgan yong‘inlar bilan bog‘liq vaziyat hamda yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan choralar haqida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida respublikada yuz bergan yong‘inlar soni 4 ming 465 tani tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 525 ta (11 foiz)ga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lish holatlari 52 tani tashkil etib, 9 ta (15 foiz)ga, insonlarning tan jarohati olish holatlari 101 tani tashkil etib, 36 ta (26 foiz)ga kamaygan.

Doschanovga ko‘ra, kunlarning keskin isib ketishi evaziga, fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinmasligi oqibatida yuz berayotgan yong‘inlar tashvishli hisoblanmoqda. Iyul oyining birinchi o‘n besh kunligida yong‘inlar bilan bog‘liq vaziyat faollashgan.

Ushbu davrda sodir bo‘lgan yong‘inlar 579 tani tashkil etib, 95 tasi qurigan o‘simliklarni yonishi, 397 tasi aholi turar joylari va 87 tasi boshqa ob’ektlarga to‘g‘ri kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing