O‘zbekistonda 5 balli magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda
Salomatlik
−
05 Sentabr 2022
14996Bugun, 5 sentyabr kuni tush payti O‘zbekistonda 5 balli magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Mutaxassisga ko‘ra, o‘tgan hafta quyoshda 24 ta kuchli quyosh chaqnashi kuzatilgan. 2 ta o‘ta aktiv zona rivojlangan.
“Quyosh sirtidagi mazkur chaqnashlar Yerda magnit bo‘roni xavflilik darajasini oshirishi tabiiy”, deydi Abdulahatov.
O‘zgidrometning Meteoinfokom tuzilmasi bugun tush payti O‘zbekistonda magnit bo‘ronining G3 darajaga ega 5 balli xavfini e’lon qildi.
Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.
LiveBarchasi