O‘zbekistonda 467 kishida koronavirus, 259 bemorda pnevmoniya aniqlandi. Qurbonlar bor
Jamiyat
−
10 iyul 2021
5256Kecha, 9 iyul kuni O‘zbekistonda 467 kishida koronavirus, 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
2021 yil 9 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 467 kishiga ortib, 115 478 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 27 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 19 nafari Andijon viloyatida,
- 15 nafari Buxoro viloyatida,
- 35 nafari Jizzax viloyatida,
- 21 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Navoiy viloyatida,
- 25 nafari Namangan viloyatida,
- 29 nafari Samarqand viloyatida,
- 17 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 21 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 26 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 17 nafari Xorazm viloyatida,
- 41 nafari Toshkent viloyatida,
- 164 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 65 nafar,
- Buxoro viloyatida 14 nafar,
- Jizzax viloyatida 48 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 31 nafar,
- Navoiy viloyatida 11 nafar,
- Namangan viloyatida 35 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 50 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 32 nafar,
- Xorazm viloyatida 12 nafar,
- Toshkent viloyatida 60 nafar,
- Toshkent shahrida 24 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 110 759 (+382) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 767 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi