O‘zbekistonda 4 ta XBAning litsenziyasi bekor qilindi
Jamiyat
−
09 fevral 2021
10485O‘zbekistonda yana 4 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 7 yanvardagi qarori bilan Profit4you Europe xususiy bandlik agentligi MCHJning litsenziyasi bekor qilingan.
Full employment xususiy bandlik agentligi MCHJ, Dawamli satli is xususiy bandlik agentligi MCHJ litsenziyasi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 25 yanvardagi qarori bilan bekor qilingan.
Vodiy HR xususiy bandlik agentligi MCHJning litsenziyasi esa litsenziyalovchi organning 2021 yil 29 yanvardagi qarori bilan bekor qilingan.
Shuningdek, uchta xususiy bandlik agentlik MCHJlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 7 yanvardagi hal qiluv qaroriga asosan “Kontinent himoya xususiy bandlik agentligi” MCHJ, 2021 yil 25 yanvardagi hal qiluv qaroriga asosan “Xususiy bandlik agentligi manpower” MCHJ QK faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Bundan tashqari, "Bek jobs xususiy bandlik agentligi" MCHJ Andijon tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 29 yanvardagi Hal qiluv qaroriga asosan 23.01.2020 yilda berilgan Litsenziyalarining amal qilinishi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi depozit hisob raqamida bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablag‘larni zaxira qilingunga qadar to‘xtatildi.
LiveBarchasi