O‘zbekistonda 25 ta manzil koloniyalari bosqichma-bosqich qisqartiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Insonparvarlik komissiyasi tashkil etiladi va jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga belgilangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish hamda shartli ravishda ozod qilish bo‘yicha taqdimnoma kiritish vakolatlari ushbu komissiya zimmasiga o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida aytib o‘tdi. 

Prezidentning alohida urg‘ulashicha, jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik tamoyillarini keng qo‘llash borasidagi ishlar kelgusi yilda ham davom ettiriladi. Jumladan, xalqaro standartlardan kelib chiqib, 25 ta manzil koloniyalari bosqichma-bosqich qisqartiriladi.

Bundan buyon birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgan jazo yengilrog‘i bilan almashtirilsa, u manzil koloniyaga o‘tkazilmasdan,  probatsiya nazoratiga olinadi. Mazkur yengillik asosida hozirgi kunda jazo muddatini o‘tayotgan 6 ming nafar shaxsga o‘z mahallasi nazorati ostida oilasi bag‘rida bo‘lish imkoni yaratiladi. 

Shu bilan birga, Prezident jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish Jazoni ijro etish organining qo‘lida qolayotganini tanqid qildi. U bu haqda gapirarkan, shunday deydi: 

“U koloniyaning rahbari nima desa, o‘sha bo‘ladi. Bu ham adolatsizlik. Shuning uchun jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va shartli ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish organidan yangi tashkil etilayotgan  Insonparvarlik komissiyasiga o‘tkaziladi”, deydi davlat rahbari. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing