O‘zbekistonda 2023 yil qancha odam qamoqdan ozod qilingani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘tgan 2023 yilda umumiy hisobda 40 ming 974 nafar shaxs qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023 yilda ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari yuzasidan bergan axborotida aytib o‘tilgan. 

Gap shundaki, 2023 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 73 ming 797 nafar shaxsga nisbatan 58 ming 418 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Ulardan 1 ming 244 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.

Bildirilishicha, sudlangan shaxslar soni 55 ming 763 nafarni tashkil etib, shundan 17 ming 396 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 37 ming 077 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 ming 290 nafar shaxs shartli hukm qilingan. Sudlangan shaxslarning 49 ming 297 nafari erkak, 6 ming 466 nafari ayol, 20 ming 922 nafari yoshlar (shu jumladan 1 ming 911 nafari voyaga yetmagan) va 2 ming 123 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

Ushbu ishlar orasida 7 ming 362 ta xolatda ayblanuvchilar ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilingan. Shuningdek, 33 ming 612 nafar shaxs jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilingan. 

Bunda tashqari, 12 ming 286 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirilgan va 13 ming 522 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan yoki qayta malakalangan. 272 nafar shaxsga esa kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Oliy sud qamoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made