O‘zbekistonda 2020 yil eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat korxonalari ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 578 tani tashkil etadi. Ularning 675 tasi faolliyatsiz, tugatish jarayonida va bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlar tahlilini elon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlar tahlili natijasiga ko‘ra, hisobot topshirgan 1903 ta korxonaning eng yuqori sof foyda olgan 20 ta va eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 ta korxona ro‘yxati shakllantirildi.“Olmaliq kon-metallurgiya zavodi AJ eng ko‘p sof foyda olgan korxona, “O‘ztransgaz” AJ esa, zarar ko‘rib ishlagan korxona deb topildi.

To‘liq ro‘yxat quyidagicha:

  1. OKMK – 3,9 trln so‘m; 
  2. “O‘zbekneftegaz” – 3,4 trln so‘m; 
  3. “Farg‘onaazot” – 292,6 mlrd so‘m; 
  4. “O‘zmetkombinat” – 218,5 mlrd so‘m; 
  5. “Hududgazta’minot” – 211,2 mlrd so‘m; 
  6. Coca-Cola Uzbekistan – 205,7 mlrd so‘m; 
  7. Ucell – 199,8 mlrd so‘m; 
  8. “O‘zshahar qurilish invest” – 168,8 mlrd so‘m; 
  9. “O‘zavtosanoat” – 160,3 mlrd so‘m; 
  10. Tovar hom ashyo birjasi – 94,8 milliard so‘m foyda ko‘rgan. 

Shuningdek, Agentlik tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar moliyaviy xisobotlarini umumlashtirish maqsadida boshqa organlar bilan elektron ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

OKMK

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing