O‘zbekistonda 2 oyda 300 ga yaqin odam YTH natijasida halok bo‘ldi
Jamiyat
−
08 mart 2021
3044O‘zbekistonda 2021 yilning o‘tgan ikki oyi davomida 802 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shundan 255 tasi o‘lim bilan yakunlangan.
Yanvar—fevral oylari davomida mamlakat hududi bo‘ylab sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida jami 265 kishi: ularning 188 nafari — avariya joyida, 77 nafari — shifoxonalarda halok bo‘lgan. Shuningdek, avariyalar oqibatida 724 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
YTHlarning 393 tasi piyodalar, 103 tasi bolalar, 14 tasi mast haydovchilar bilan sodir bo‘lgan. 28,4 foiz holatda avariyalar piyodalarning ko‘chani noto‘g‘ri joyidan kesib o‘tishi oqibatida yuz bergan.
Ikki oy ichida eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari Toshkent shahri sodir bo‘lgan — tegishli davrda 116 ta YTH qayd etilgan. Ro‘yxatdagi dastlabki uchlikdan Toshkent viloyati (109 ta avariya) va Namangan viloyati (79 ta avariya) o‘rin olgan.