O‘zbekistonda 14 ta stansiya ishga tushiriladi
Jamiyat
−
28 fevral
9055Prezident Shavkat Mirziyoyev Energetika vazirligiga joriy yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan 14 ta stansiya qurilishini tezlashtirishni topshirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida 2 gigavattli 11 ta quyosh, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 600 megavattli 3 ta shamol stansiyasi ishga tushiriladi. Ushbu stansiyalarni barpo etish doirasida 500 kilometr yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari quriladi. Yangi yirik stansiyalarni tarmoqqa ulash uchun 5 ta podstansiya kengaytiriladi.
Shuningdek, joylarda quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni yanada kengaytirish, aholining “yashil” energiyadan foydalanish borasidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi. Bu maqsadlarga qo‘shimcha 50 million dollar resurs ajratish, xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazib, yana 100 million dollar jalb qilishga ko‘rsatma berilgan.
Tadbirkorlarga quyosh energiyasi quvvatlarini joriy etishda manfaatdorligini oshirish uchun qo‘shimcha yengilliklar yaratilishi belgilandi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi