O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘ldi

Olam

−

image

2025 yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tug‘ilishlar onaning yosh guruhlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

25 yoshgacha – 355 111 nafar (40,4 foiz);

25-39 yoshdagilar – 512 034 nafar (58,2 foiz);

40 yosh va undan kattalar – 12 454 nafar (1,4 foiz).

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaygani haqida xabar berilgandi. Statistikaga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda 884 500 bola tug‘ilgan – bu 2024 yilga (926 400) nisbatan 5,3 foizga kam. Bu pasayish deyarli barcha hududlarda kuzatilgan. 

Bundan tashqari, O‘zbekistonda nikohlar soni ham kamaygan. 2025 yilda 267 100 ta nikoh qayd etilgan – bu so‘nggi 15 yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘lgan 2024 yilga (271 800 ta) nisbatan 1,7 foizga kam.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing