O‘zbekistonda 100 ta uyga nechta avtomobil to‘g‘ri kelishi aytildi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2020
14319O‘zbekistonda 2019 yilda o‘rtacha har 100 ta uy xo‘jaligiga 47 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan. Davlat statistika qo‘mitasi Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan shunday ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2019 yilda uy xo‘jaliklari xarajatlari tarkibi quyidagicha bo‘lgan:
• nooziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlar – 33,1 foiz;
• Xizmatlarga xarajatlar – 21 foiz;
• Oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlar – 45,9 foiz.
100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 160 ta, kompyuterlar soni esa 55 tani tashkil etadi.
Shuningdek, kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligidagi aholiga 282 ta telefon apparati to‘g‘ri kelgan.
LiveBarchasi