O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik saytlari bloklandi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2021
16430O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 10 dan ortiq noqonuniy saytlarga kirish cheklandi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xodimlari muntazam ravishda internet tarmoqlarida joylashtirilayotgan reklama ma’lumotlarining qonunchilik talablariga muvofiqligini o‘rganib bormoqda.
“O‘tgan davr mobaynida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda 10 dan ortiq noqonuniy saytlarga kirish cheklandi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, respublikada bukmekerlik faoliyati noqonuniy hisoblanadi. Bu turdagi faoliyat uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 191-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar) shuningdek, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)ga binoan javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, reklamada ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risidagi axborotni, jumladan, totalizator va bukmekerlik idoralari haqidagi ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
LiveBarchasi