O‘zbekistonda 1 oyda 79 mlrd so‘mlik tok o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
03 fevral 1296 1 daqiqa
O‘zbekistonda so‘nggi bir oyda 79 milliard so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, inspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari ishtirokida so‘nggi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 283 ta holat aniqlangan.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 844 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
Unga ko‘ra, 11,5 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (25,8 mlrd so‘m) va 17,9 mln metr kub tabiiy gaz (53,2 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 79 milliard so‘m zarar qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq havo sovishi sabab energiya ta’minotida texnik cheklovlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral