O‘zbekistonda 1 km.kv. maydonga qancha aholi to‘g‘ri keladi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 78,9 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Statqo‘mga ko‘ra, bu raqamlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ortgan (2021 yil 1 aprel holatiga 1 km.kv.ga 77,3 kishi).

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi 35 mln 433 ming 772  kishini tashkil etmoqda. Shundan:

•  shahar joylarda – 18 022,1 ming kishi;
•  qishloq joylarda – 17 411,7 ming kishi istiqomat qiladi.

Shu bilan birga O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing