O‘zbekistonda 1 kg tamakiga 25 dollar aksiz solig‘i kiritildi

Jamiyat

image

2020 yil 1 iyundan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan shimiladigan (snyus), chilim uchun tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga aksiz solig‘i kiritiladi.

Bu haqda 2020 yil 4 aprel kuni qabul qilingan "Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarorida so‘z boradi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari qo‘shimcha pozitsiyalar bilan to‘ldiriladi va bu bilan qator tamaki mahsulotlarining aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 iyundan chekiladigan tamakining 1 kilosi uchun 25 AQSH dollari miqdorida aksiz solig‘i solinadi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq tamaki

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing