O‘zbekistonda 1 apreldan COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlanadi. Kimlar birinchi emlanadi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Mirziyoyev dunyo aholisi uchun hal qiluvchi kuchga ega shaxs sifatida e’tirof etildi north_east

Mirziyoyev dunyo aholisi uchun hal qiluvchi kuchga ega shaxs sifatida e’tirof etildi

O‘zbekistonda joriy yilning 1 aprelidan aholini COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari boshlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari 2021 yilning 1 aprelidan boshlanadi. Birinchi galda 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan shaxslar va tibbiyot xodimlari emlanishi rejalashtirilmoqda”, degan Nurmat Otabekov mamlakatda emlash jarayonlariga tayyorgarlik ishlari yakunlanayotganini ta’kidlab.

O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, aynan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lish orqali kasallikni yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlar emlanadi.

Otabekovga ko‘ra, bular quyidagilar:

  • Koronavirusni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalar;
  • Tez tibbiy yordam tizimi;
  • Shoshilinch tibbiy yordam tizimi;
  • Yuqumli kasalliklar shifoxonalari;
  • Koronavirus tashhisoti laboratoriyalari;
  • Birlamchi bo‘g‘in, ambulatoriya va poliklinika xizmati xodimlari.

Avvalroq, mamlakatda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi emlanadigan toifalar belgilangandi. Ularning orasida tibbiyot xodimlaridan tashqari, o‘qituvchi, MTT xodimlari, harbiylar ham bor edi. Dastlabki bosqichda 4 mlndan ortiq odamni emlash rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing