O‘zbekistonda 1 haftalik chaqaloqlarda ham koronavirusga chalinish holati uchramoqda — SSV

Jamiyat

image

O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat beqarorlashgan hozirgidek davrda bir haftalik chaqaloqlarda ham koronavirusga chalinish holatlari uchramoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova “Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot” mavzusidagi ochiq muloqotda aytib o‘tdi.

“Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tgan yili bolalar bo‘limi ochilmagan. Bunga sabab koronavirusning avvalgi shtammlari bolalarda juda kam aniqlangandi. Bugunga kelib ushbu shifoxonalarda bolalar bo‘limini tashkil etishga to‘g‘ri keldi. Bu bolalarda koronavirusning ko‘proq aniqlanayotgani bilan bog‘liq”, deydi Elmira Bositxonova.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi urf-odatlar yangi chaqaloqlarni koronavirusdan himoya qilish omili bo‘lishi mumkin.

“Yangi tug‘ilgan chaqaloqni hamma qo‘lga olib ko‘rishga urinishi bilan bog‘liq odatlar sabab, hatto, bir haftalik chaqaloqlarda ham koronavirusga chalinish holatlari uchramoqda. Bu borada yangi tug‘ilgan chaqaloqni 40 kun chillada saqlash kabi urf-odatlarimiz ularni koronavirusdan himoya qilish omili bo‘lishi mumkin”, deydi Bositxonova.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti emizikli onalarga koronavirusga qarshi emlanishni tavsiya qilgan. Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil 21 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122048 nafarni, kasallikdan vafot etganlar soni 814 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

487

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing