O‘zbekistonda hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho beriladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, bugun, 6 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishgan. Taqdimotda har bir tuman va shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar o‘rnatilishi, hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdorlarning bu boradagi ishlariga baho berilishi ma’lum qilindi. 

Shuningdek, o‘rmonchilik sohasini rivojlantirish hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirishda yangi tizimni joriy etishga ko‘rsatma berildi. Unga ko‘ra, bog‘ va o‘rmonlarni barpo etish markaziy moliyalashtiriladigan manzilli dastur asosida amalga oshirilishi belgilandi. 

Bundan tashqari, gidrometeorologiya yo‘nalishida avtomatlashgan meteorologik stansiyalarni ko‘paytirish, gidrologik o‘lchov uskunalarini avtomatlashtirish, agrometeorologik xizmat bo‘yicha mobil ilovani ishga tushirish choralari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3 aprel kuni Prezident Mirziyoyev "Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, suvni isrof qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilgandi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston havo tozaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing