O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
07 iyun 2021
66264Bugun, 7 iyun kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yoz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 7-10 darajaga yuqori bo‘lgan, Eron hududlaridan kirib kelgan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Kun davomida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida, shuningdek tog‘ oldi va tog‘li huddularda konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Ko‘pchilik viloyatlarda kunduz kuni havo 40-43 darajagacha, janubda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha, Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan kuchsiz antitsiklon ta’sirida respublika shimolida havo harorati pasayadi va 33-38 darajani tashkil etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi saqlanib turadi.
Ertaga, 8 iyun kuni Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi. O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda shuningdek momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 24-27 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34-38 darajanini, respublikaning eng janubida 41-43 darajani tashkil etadi.
Bunday harorat foni haftaning oxirigacha davom etadi, ammo harorat me’yordan hali ham yuqori bo‘ladi va kechalari 20-25 darajani, kunduz kunlari 34-39 darajani, respublikaning eng janubida 41-43 darajani tashkil etadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li huddularda konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
8-9 iyun kunlarida shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin.
LiveBarchasi