O‘zbekistonda havo harorati nol darajagacha tushadi. Anomal sovuq qaytyaptimi?
Bu qiziq
−
13 aprel 2023
5578317 aprel erta tong Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyati va tog‘li hududlarda havo harorati minimum +0 darajagacha pasayadi. Shuningdek, 16 va 17 aprel kunlari Ustyurtda haroratning tungi minimumlari -3 darajagacha sovishi mumkin. O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulaxatov shimoliy hududlardagi ob-havoning bunday sovishi anomal sovuqni keltirib chiqarmasligini ma’lum qildi.
“Mazkur antitsiklon kuchi u qadar sovuq emas va jarayon markazida ham sovuq harorat u qadar past emas. Hozirgi vaziyatdan aytish mumkinki, bu jarayon respublikada anomal darajadagi sovuqlikni keltirib chiqarmaydi”, deydi mutaxassis.
Uning aytishicha, asosiy qishloq xo‘jalik maydonlari mavjud janubiy va vodiy viloyatlarida harorat juda pasaysa, +3, +5 darajaga bir muddat tushishi mumkin. Keyin harorat yana ko‘tarilishni boshlaydi.
“Bu ayni vegetatsiyaga kirib qolgan flora olami uchun u qadar xavfli harorat emas”, deydi Abdulaxatov.
Eslatib o‘tamiz, 15-17 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi