O‘zbekistonda havo keskin soviydi
Bu qiziq
−
10:10 1563 1 daqiqa
Joriy yilning 3 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5 oktyabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
.png)
Ma’lum qilinishicha, 3-4 oktyabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 4-5 oktyabrda respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi.
Havo harorati asta-sekin kunduz kunlari 15-20 darajagacha, kechalari 5-10 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 12-17 darajagacha, kechalari 2-7 darajagacha pasayadi.
3-4 oktyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida chang-to‘zonlar bilan 20-22 m/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Shuningdek, 5-6 oktyabrda respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida joriy yilning 4-5 oktyabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chiqqan edi.
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr