O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

O‘tgan dam olish kunlari G‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan salqin havoning kirib kelishi havo haroratini me’yordan 3-5 darajaga pasaytirdi. 

Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, yangi haftaning boshida salqin ob-havo saqlanib turadi. Bugun kunduz kuni harorat 28-33 daraja, ertaga 30-35 daraja atrofida bo‘ladi.

Chorshanba kunidan esa salqin havo massasi O‘zbekiston hududidan chekina boshlaydi va uning o‘rniga Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keladi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va haftaning oxiriga kelib, kechalari 18-20 darajagacha, kunduz kunlari 36-38 darajagacha yetadi.

Bunday harorat avgust oyining ikkinchi yarmi uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3 darajaga yuqori bo‘ladi. Biroq shuni qayd etish joizki, ushbu davrda O‘zbekiston hududida eng issiq yillarda harorat 40-41 darajagacha, janubda esa 42-44 darajagacha ko‘tarilgan.

Respublika bo‘yicha hafta davomida birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan shamollar bilan quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida faqat bugun kechqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing