O‘zbekistonda havo harorati +15 darajagacha pasayishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
14 iyun 2021
27711Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi Qozig‘iston hududlaridan kirib kelgan salqin havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Harorat kechalari 15-18 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari 32-35 daraja atrofida, janubda 36-38 darajagacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarimda sharqiy botiqlik respublika hududidan siljiydi, havo harorati asta-sekin kechalari 20-23 darajagacha, kunduz kunlari 36-39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40-41 darajagacha ko‘tarila boshlaydi.
Respublikaning katta qismida hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 14 iyunda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14-15 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘yicha 14-15 iyunda va 19 iyunda shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish havfi bor.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15