O‘zbekistonda havo harorati 15 darajagacha ko‘tariladi
Biznes
−
13:43 2900 2 daqiqa
O‘zgidromet 6-8 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun, 6 fevral kuni kunning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 1-6 daraja iliq, shimolda 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Ertaga respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 7–12 iliqqacha ko‘tariladi.
Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0–5 daraja iliqni, kunduzi 10–15 daraja iliqni tashkil etadi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 va 8 fevral kunlari ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘inganrchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda bugun, 6 fevralda kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3–5 daraja iliq bo‘ladi. Poytaxtda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, ertaga, 7 fevral kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat ertaga kechasi 1 daraja sovuq–1 daraja iliq, kunduzi 9–11 daraja iliq, yakshanba kuni kechasi 1–3 daraja iliq, kunduzi 13–15 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi