O‘zbekistonda havo harorat 10 darajagacha pasayadi

Bu qiziq

image

Bugun, 26 sentyabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekiston hududining katta qismida kunduzgi havo harorati yuqori bo‘ladi va 30-35 darajani tashkil etadi. Faqat O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida havo harorati 20-25 darajagacha pasayadi.

Ertaga havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi va hafta oxirigacha O‘zbekiston hududi nisbatan sovuq antitsiklon periferiyasi ta’siri ostida bo‘ladi. Ertadan boshlab respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo sovuqlashadi, kunduzgi harorat 22-27 darajagacha pasayadi. 29-30 sentyabrda kechalari harorat pasayadi, kechasi va ertalab termomert ustuni 10-15 darajagacha pasayadi.

26-27 sentyabr kunlari front o‘tishida ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Janubning eng chekkasida va Farg‘ona vodiysida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.

Respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga, 27 sentyabr kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

828

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing