O‘zbekistonda harorat 28 darajagacha isiydi
Bu qiziq
−
21 mart 9562 1 daqiqa
O‘zgidromet joriy yilning 21-23 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun, 21 martda mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 20-25 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
23-24 mart kunlari respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 20-25 daraja iliq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 28 daraja iliqqacha bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda 21 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-23 daraja iliq bo‘ladi. 23-24 mart kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.
Live
Barchasi