O‘zbekistonda harbiy xizmat o‘tash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar tarkibidan bo‘lgan OHTM kursantlarining o‘qish davrida quyidagilarni olishga oid huquqlari bekor qilindi:

•  berilgan harbiy unvonlar bo‘yicha maoshi;
•  oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi;
•  xizmat yillari uchun  ustama;
•  maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama;
•  qo‘shinni jangovar holatda ushlab turganlik uchun bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;
•  uzluksiz harbiy xizmati uchun bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;
•  moddiy yordam.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazish hamda tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi yoki boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan lavozimdan bo‘shatilganda ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda quyidagi to‘lovlar to‘lanadi (146-b.):

•  harbiy unvon maoshi;
•  oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi;
•  xizmat yillari uchun ustama, maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan ustama (15%gacha);
•  bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;
•  oziq-ovqat payogi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi.

Shuningdek hujjatda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazishga doir boshqa holatlarda ham to‘lovlar to‘lanishi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy xizmat

Baholaganlar

1685

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing