O‘zbekistonda harbiy xizmat to‘lovi miqdori oshirildi
Jamiyat
−
13 avgust
10300O‘zbekistonda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat uchun to‘lov miqdori oshiriladi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilib, 1 million 155 ming so‘m etib belgilandi.
Safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badali bevosita mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobariga teng. Ya’ni 1 sentyabrdan bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov miqdori 8 million 85 ming so‘m etib belgilanadi. Ayni paytdagi to‘lov summasi esa 7 million 350 ming so‘m.
Ma’lumot uchun, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1 yil mobaynida biryo‘la yoki bo‘lib to‘lash orqali amalga oshirilishi mumkin. Xizmatga olingan shaxslar tomonidan to‘langan pul badallari summasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamida jamlanadi. Mablag‘lar muddatli harbiy xizmatchilarga nafaqa pulini to‘lash, vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ta’minotiga yo‘naltiriladi. Fuqarolar xizmat safiga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi