O‘zbekistonda har payshanba “jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilanishi mumkin
Jamiyat
−
21 noyabr
1365O‘zbekistonda haftaning har payshanba kunini “jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilash taklif etildi. Bu haqda bugun, 21 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan yoshlarni sportga keng jalb etishga oid takliflar taqdimotida so‘z boradi.
Taqdimotda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Taklifga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilanadi. Jalb qilingan yoshlar soni hamda erishilgan natijalarga qarab, sport maktablari xodimlariga ustama beriladi. Shuningdek, infratuzilmadan kelib chiqib, muassasalar muayyan sport turlariga ixtisoslashtirib boriladi.
Tizim maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimini joriy etilib, ularga beshtagacha mahalla va ta’lim muassasalari biriktiriladi. Mahallalarda to‘garaklar tashkil etgan trenerlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.
“Prezident sport sohasi yoshlarga oid davlat siyosatining katta yo‘nalishi ekanini ta’kidlab, joylarda bu boradagi qulayliklarni kengaytirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk etib tarbiyalash bo‘yicha fikrlarini bildirdi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi