O‘zbekistonda har 100 ming kishiga nechta mahbus to‘g‘ri keladi? WPB hisoboti

Olam

image

O‘zbekiston qamoqxonalardagi mahbuslar soni bo‘yicha mamlakatlar reytingida 223 davlat orasidan 179-o‘rinni egalladi. Tegishli reyting “World Prison Brief” tomonidan tuzilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda har 100 ming kishiga 68 mahbus to‘g‘ri keladi. Respublika bo‘yicha qamoqda saqlash joylarida 22 867 nafar o‘zbekistonlik mavjud. 

O‘z navbatida, AQSH har 100 ming fuqaroga 629 mahbus to‘g‘ri kelishi bilan reytingning yetakchisiga aylangan. Eng oxirgi 223-o‘rinda hududida mahkum bo‘lmagan San-Marino qayd etilgan. 

Avvalroq, O‘zbekiston qamoqxonalarida 2000 dan ortiq diniy masala bo‘yicha ayblov qo‘yilgan mahbuslar saqlanishi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston qamoqxona

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing