O‘zbekistonda hafta oxiriga borib kunlar yana isiydi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

O‘tgan hafta davomida Volga bo‘yi hududlaridan antitsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Salqin havo sharqqa Qozog‘iston hududi tomonga qarab chekinadi.

Bugun, 13 sentyabr kuni O‘zbekistonda harorat 27-32 daraja bo‘lgan quruq va nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda, bu ushbu kunlarning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.

Ertaga va haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda havo 12-15 daraja atrofida salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni isitadi va harorat seshanba kuni 29-34 darajadan – hafta oxiriga kelib 32-37 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing