O‘zbekistonda davlat to‘ntarishiga harakat qilgan “DEO mahbuslari” yuristi qamoqdan ozod etildi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda qanday mahkumlar Prezidentdan afv etishini so‘rolmaydi? north_east

O‘zbekistonda qanday mahkumlar Prezidentdan afv etishini so‘rolmaydi?

Qanaqa korrupsiya? – Ortiqova qamoqdan afv etilganlarning ro‘yxati qanday shakllantirilishini ochiqladi north_east

Qanaqa korrupsiya? – Ortiqova qamoqdan afv etilganlarning ro‘yxati qanday shakllantirilishini ochiqladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 4 fevral kuni “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzolagan edi. Farmon bilan ko‘p yillardan buyon hibsda saqlanayotganlar ozod etildi. Ular orasida “Shayxali qamoqxonasi” nomi bilan tanilgan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan jazoni ijro etish muassasasidan Rustam ham bor. 

O‘zAning yozishicha, Rustam O‘zbekistondagi tuzumni ag‘darishga harakat qilgan “DEO mahbuslari” yuristi bo‘lgan. 

“Ularni “Shayxali qamoqxonasi” nomi bilan tanilgan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida “DEO mahbuslari” deb atashardi.

DEO – bu diniy ekstremistik oqim... Bu shunday oqimki, dilida dinga e’tiqodi bor ko‘plab kishilar, ayniqsa, yoshlarni o‘ziga rom etib, ularning umr yo‘llarini adog‘i yo‘q qorong‘ulik sari burib yubordi.

Asl maqsadi davlat, hokimiyat bo‘lgan kimsalarning dinni niqob qilib olib, zimdan olib borgan ta’siriga minglab yurtdoshlarimiz tushgani sir emas. O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darishga qaratilgan harakatlar sodir etilganida va undan so‘ng esa bunda ishtirok etgan ko‘pchilik huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan va sud hukmi bilan uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etilgan”, deb yozadi manba.

Asli farg‘onalik bo‘lgan Rustam Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qib yurgan kezlaridayoq diniy estremistik oqimning O‘zbekistondagi yacheykalaridan biriga qo‘shilgan.

“O‘sha paytlar dinga juda berilgandim, masjidlarga ham borib turardim. Bir vaqtning o‘zida menga alohida mehr bilan dinni targ‘ib qilayotgan boshqa bir odam bilan tanishdim. Uning oqimiga oid videolar juda ta’sirli edi. Ikkinchi yo‘lni tanladim. Bir necha do‘stlarimni ham bundan xabardor qilib bordim. Biz internet orqali aloqa o‘rnatib, faol muloqot qilardik. Bizni boshqarayotgan shaxs o‘sha paytda o‘zining Rossiyada ekanini aytardi”, deydi u.

Bu muloqotlar bora-bora 20-25 yoshlardagi yigitlarni yurtni tark etishga, Alloh yo‘lida kurashga chorlay boshlagan. “Sirli yozishma”lar esa xavfsizlik xizmatining e’tiboriga tushib bo‘lgandi. Rustam bilan yana to‘rt yigit bir vaqtning o‘zida hibsga olingan. 

Mavjud tuzumni yo‘q qilish, o‘rniga yangi tuzum barpo etish fikrining o‘zi “konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish”, deb baholangan. Shu tariqa qo‘lga olingan yigitlar o‘n yildan ziyodroq muddatlarga qamalgan.

Rustam oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan. Buning ustiga u otasiz ulg‘aygangan. O‘qishni tugatganidan so‘ng ikki yillab ishga kira olmagan.

Qamoqdagi kunlarini yodga olar ekan, bizni “DEO mahbuslari”, deb atashar va bizga alohida saboqlar o‘tilar edi. Ana shu saboqlar jarayonida dinning asl mohiyatini tushundik”, deydi u.

“To‘qqiz yillik tazarru bir yigitni xatodan to‘g‘ri xulosa chiqarish, yolg‘izgina onasining qadriga yetish, mehnat qilib, hayotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish sabog‘ini ham o‘rgatdi. Uning endigi maqsadi ishlash, halol yashash. Faqat u hali ish topganicha yo‘q”, deyiladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 16 fevral voqealariga aloqador mahbuslardan biri 21 yil deganda ozodlikka chiqqani haqida xabar qilgan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing