O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb e’tirof etildi. Bu haqda “Xavfsizlik tushunchalari 2023” (SPI) indeksi xabar berdi.

Qayd etilishicha, SPI 121 davlatni o‘zida jamlagan ro‘yxatni shakllantirgan. Unga ko‘ra, fuqarolar yashayotgan davlatida qanchalik o‘zini xavfsiz his qilishi haqida global so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomaning asosini mamlakatdagi oziq-ovqat, suv tanqisligi, zo‘ravonlik darajasi, ob-havo sharoiti, ruhiy sog‘liq, ish joyidagi xavfsizlik tashkil qilgan.

Xususan, O‘zbekiston 0,072 foiz xavf-xatar darajasi bilan birinchi o‘rinda qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda esa 0,073 foiz bilan Birlashgan Arab Amirliklari joy olgan. Keyingi o‘rinni Saudiya Arabistoni (0,093) egalladi.

Qo‘shni mamlakatlardan Qozog‘iston (0.128 foiz) 14-, Tojikiston (0,130 foiz) 17-, Qirg‘iziston (0,155 foiz) 26-, Afg‘oniston (0,397 foiz) esa 112-o‘rindan joy olgan.

Shuningdek, G‘arbiy Afrikada joylashgan Mali Respublikasi 0.587  xavf darajasi bilan so‘nggi o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston xavfsiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made