O‘zbekiston Jahon bankidan $400 mln qarz oldi

Jamiyat

image

Jahon banki tomonidan O‘zbekistonni rivojlantirish uchun 400 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 17 iyun kuni qabul qilingan “Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonning o‘tish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarortda keltirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 5 yillik imtiyozli davr bilan 18 yilga 150 mln dollar, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi esa 5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga 250 mln dollar mablag‘ ajratgan.

Qayd etilishicha, XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarz O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz, xizmat ko‘rsatganlik va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 142 million dollarlik imtiyozli kredit ajratishni ma’qullagan edi. Ushbu mablag‘lar mamlakatning turli hududlarida landshaftlar barqarorligini yaxshilash va o‘rmonlarni qayta tiklashga, shuningdek, O‘zbekistonning transchegaraviy tabiiy zonalarni tiklash bo‘yicha Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi loyihani moliyalashtirishga yo‘naltirilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

qarz Jahon banki

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing