O‘zbekiston yil boshidan beri qancha oltin sotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2020 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 1,55 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-aprel oylariga nisbatan o‘sish 26,5 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 35,3 foizga teng bo‘ldi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Avvalroq, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi rekord darajada oshgani haqida xabar bergan edik. Zaxiralarning oshishi ushbu qimmatbaho metall narxi dunyo miqyosida ko‘tarilgani hisobiga yuz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin eksport

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing