O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p qaysi davlatga eksport qilayotgani ma’lum qilindi

Texnologiya

image

O‘zbekistonda 2020 yilning 9 oyida chet elga 108,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi 11 135 dona yengil avtomobil eksport qilingan. Xuddi shu vaqt mobaynida 217 771 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35,1 mln. dollarga, ya’ni 47,9 foizga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (8 985 dona) eksport qilingan”, deyiladi xabarda.

Raqamlarga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, O‘zbekiston Qozog‘istonga (91,7 mln. dollar), Ozarboyjonga (6,2 mln. dollar), Ukrainaga (5,7 dollar), Rossiyaga (2,2 mln dollar), Tojikistonga (1,1 mln dollar) va boshqa davlatlarga (1,3 mln dollar) yengil avtomobil eksport qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 9 oyida mamlakatimizga 349,3 mln. AQSH dollari qiymatidagi 20 482 dona yengil avtomobil import qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1091

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing